Qirg'iz Respublikasi futbolchisi: "Murabbiylar O'zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini o'rganib chiqdi"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2025, 22:42
"Bunyodkor" klubi soqib futbolchisi, hozirda Vetnamning "Bin Duong" jamoasida to'p tepayotgan Qirg'iz Respublikasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov O'zbekistonga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.

"Men Vetnamdan Qirg'izistonga 12-mart kuni yetib keldim. Bir kundan so'ng darhol terma jamoa yig'iniga kirishdim. Jamoadagi muhit yaxshi. Biz O'zbekistonga qarshi o'z maydonimizda o'yin o'tkazganmiz. Bo'lajak o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylar O'zbekistonning zaif va kuchli tomonlarini bizga uqtirib, tegishli taktikalar ishlab chiqdi. Mashg'ulotlar davomida bular ustida shug'ullanyapmiz", dedi 29 yoshli o'yinchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia