

U bolaligidan "Real"ga qarshi maydonga tushishni orzu qilganini tan oldi.
"Real" qarshi o'yin, nazarimizda, istalgan futbolchi uchun ulkan orzu bo'lsa kerak?
- Ha, albatta! Chempionlar Ligasi haqida gapirilsa birinchi bo'lib "Real" xayolga keladi. Bu ulkan taqdirga ega va mazkur musobaqada ko'p bor zafar quchgan klub hisoblanadi. Shaxsan men portugaliyalik bolakay, Krishtianu Ronalduning "Real" safidagi o'yinlarini tomosha qilib katta bo'lganman va bu klubga qarshi maydonga tushish men uchun sharaf. Ishonchim komil, biz bu bahsdan zavq olamiz va qo'limizdan kelganini qilamiz.
- Krishtianu kumiringiz bo'lganmi?
- U men uchun birinchi raqamli o'rnak bo'lgan, - deya Luish Mata so'zlarini keltiradi El Mundo.




