Qatardagi JCHda alkogol mahsulotlari sotiladi

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2021
Qatarda o'tishi rejalashtirilgan JCH-2022 tashkiliy qo'mita ijrochi direktori Fatma Al-Naimi rejalar haqida, jumladan musobaqa vaqtida alkogol mahsulotlari sotilishi borasida gapirib o'tdi.

"Alkogol – bizning madaniyatimizga yot narsa, lekin uni ma'lum joylardan xarid qilish mumkin bo'ladi.

Biz bu tizimni 2019 yil klublar o'rtasidagi JCHda sinovdan o'tkazdik – muxlislar bunday nuqtalarda faol. Alkogol fan-zonalarda muomalada bo'ladi, u erda tomoshabinlar musiqa tinglab, o'yindan zavq olishlari mumkin.

Faqatgina pivo sotiladimi? Fan-zonalarda nimalar bo'lishining yakuniy varianti hozircha yo'q. Bu erda bir narsani tushunish zarur, Qatarda alkogol mahsulotlari bo'ladi – ularni barlardan va mehmonxona restoranlaridan xarid qilish mumkin", – dedi Al-Naimi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru