Qatar va Yaponiya terma jamoalari boshqa qita kubogida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
5 may 2018
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Osiyoning ikki jamoasi - Qatar va Yaponiya terma jamoalari Amerika Kubogi-2019da ishtirok etishini ma'lum qildi.

KONMEBOL bu taklif bilan turnirga bo'lgan qiziqishni oshirirish va uni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Avvaliga Amerika Kubogi-2019ga Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya terma jamoalarini taklif qilish rejalashtirilgan edi, ammo Janubiy Amerika futboli rahbariyati bu g'oyani amalga oshira olmadi.

2019 yildagi Amerika Kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com