Qatar terma jamoasi Angliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018
Angliya terma jamoasi JCH-2022 oldidan Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib oldi.

3 yil avval, Angliya futbol federatsiyasi prezidenti vazifasida bo'lgan Greg Dayk  Qatarda jahon chempionati o'tkazish qarorini "FIFA tarixidagi eng yomon payt" deb nomlagan edi. Biroq oldinroq, hozir assotsiatsiyada rahbar bo'lgan Klark munosabatlarni tiklash uchun Qatarga bordi.

Angliya va Qatar o'rtasida imzolangan memorandumga ko'ra, ushbu ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari bir nechta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian