Qatar Liga Kubogi. Rashidov sobiq jamoasiga chiroyli gol urdi va assistga erishdi

Eldor Akmurzayev
26 sen 2022
Qatar Liga Kubogi 2-turi doirasida "Umm Salal" safarda “Qatar SK”ni 3:1 hisobida taslim etishga erishdi.

Mehmonlar safida Sardor Rashidov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 2-daqiqadayoq Eliash Barimilning goliga hammuallif bo'ldi. Keyin esa 33-daqiqada uzoq masofadan aniq zarba berib, sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etdi. U 64-daqiqada zaxiraga olindi.

31 yoshli futbolchi “Umm Salal”dagi dastlabki to'pini kiritishga erishdi. Hozirda uning jamoasi Liga Kubogi jadvalida 6 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Rashidov 2019-2020 yillar davomida “Qatar SK” sharafini himoya qilgandi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia