Sadriddin Hasanov: "18 yoshga to'lganimdan so'ng "Braga"ga ketaman"

Iskandarov Abdulaziz
31 yanv 2026
O'FA kecha bir qator nominaciyalarda yilning eng yaxshilarini aniqladi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi va "Bunyodkor" futbolchisi Sadriddin Hasanov 2025 yilning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi. Bu haqida u taassurotlari bilan bo'lishdi.

"Avvalo eng yaxshi yosh futbolchi deb topilganimdan xursandman. Bu bilan albatta to'xtab qolmayman. Kelajakda bundanda yaxshiroqlariga harakat qilaman. Buni tagida ancha mehnat yotibdi. Tengdoshlarimga ham o'z ustilarida ishlashni maslahat bergan bo'lardim. 2026 yilda "Bunyodkor"dagi debyut o'yinimni o'tkazishni maqsad qilganman. 

"Braga" jamoasiga ko'rikka borib keldik, u erda barchasi a'lo darajada bo'ldi. 18 yoshga to'lganimda u erga ketaman",- deydi Sadriddin Hasanov.






Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia