Qatar amiri MYUga egalik qilmoqchi. Shu bilan birga u PSJni ham saqlab qolish istagida

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2023
Qatar amiri "Manchester Yunayted" va PSJga egalik qilmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, shayh Tamim bin Hamad al Toni MYUni xarid qilmoqchi. Shuningdek, u PSJni ham o'z ixtiyorida qoldirmoqchi. 

Qoidalarga ko'ra, bir insonga tegishli klublar bitta musobaqada ishtirok eta olmaydi, masalan Chempionlar ligasida. Qatarda buni tushunib turishibdi va masalani hal qilishmoqchi. 

Ular MYU va PSJ boshqa-boshqa tizim va insonlar tomonidan boshqarilishini UEFAga ko'rsatib berishmoqchi. 

Bu variant ish berishi mumkin. Chunki bungacha "Red Bull" kompaniyasiga tegishli "Zalcburg" va "Leyptsig" jamoalari 2018 yilgi Yevropa ligasida ishtirok etishgan va o'zaro to'qnash kelishgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian