Qadamboy Nurmetov: “Andijonlik muxlislar jamoasining 12-o'yinchisiga aylandi”

Narzulla Saydullayev
22 apr 2018, 13:46
PRO-Liganing 3-turida Urganchning “Xorazm” jamoasi safarda “Andijon” bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mehmonlarning yagona goliga iqtidorli hujumchi Qadamboy Nurmetov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng 22 yoshli futbolchi saytimizga qisqacha intervyu berdi.

- Avvalambor “Andijon”ni g'alaba bilan tabriklayman. Tomoshabop o'yin bo'ldi. Raqib jamoaga ko'proq omad kulib boqdi. Qolaversa o'z maydonida o'ynash har qanday jamoaga ustunlik beradi. Chunki ishqibozlar mezbon jamoaning 12-o'yinchisiga aylanadi. “Xorazm” ham safardan ijobiy natija bilan qaytish uchun astoydil xarakat qildi. Afsuski o'xshamadi. Endi xatolar ustida ishlab, keyingi turlarda ochko jamg'arishga xarakat qilamiz.

- Kutganimizdek, “Andijon” uchrashuvning boshidayoq hujumga zo'r berdi. Shunga qaramay biz ham yaxshi o'ynadik. Boya aytib o'tganimdek, omad ko'proq mezbonlarga kulib boqdi.

- Sport formam haqida nima desam bo'ladi? O'tgan yili oyog'imni operaciya qildirganimdan so'ng, ma'lum muddat shug'ullana olmadim. Asta-sekin avvalgi sport formamni tiklab borishga xarakat qilyapman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia