Qadamboy Nurmetov: "Bunyodkor" bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2020
Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" va "Sug'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda tomonlar durang natija qayd etishdi.

Ushbu bahsdan so'ng "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Qadamboy Nurmetov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Menimcha durang natija o'yinga mos bo'ldi. Chunki, ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. Bizda ham, raqibda ham golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Oraliqdagi tanaffusda tarkibimizni kuchaytirib oldik, tajribali futbolchilar keldi. Shu sababli tanaffus foydali bo'ldi deb o'ylayman. Yangi futbolchilar bilan chiqishib ketishda muammo yo'q, bir-birimizni maydonda yaxshi tushunmoqdamiz. Galdagi raqib  "Bunyodkor" jamoasi. Albatta, ular avvalgi jamoalarga qaraganda kuchliroq. Ammo, biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Uch ochko olish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz ",- deydi Qadamboy Nurmetov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia