Pyanich: “Niderlandiya terma jamoasi bilan oramizdagi farq yaqqol ko'rinib qoldi”

Aslanov Jasurbek
16 noya 2020
Miralim Pyanich Niderlandiya-Bosniya va Gertsegovina (3:1) uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'tgan safar Niderlandiyaga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish qilgandik. Bu safar esa jamoalar orasida farqni yaqqol ko'rish mumkin edi. Ular bizdan kuchli edi, tajriba ham ularda ko'proq. A ligada o'ynash biz uchun ayni damda juda ham qiyin. Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik, biroq bu shunchaki oson ish emas. Endi esa Italiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Musobaqani o'z uyimizda yaxshiroq yakunlashga harakat qilamiz”, - deydi Pyanich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA