Putin JCH-2018 obektlarini vertolyot bortidan turib ko'zdan kechirdi

“Platov” aeroportidan “Rostselmash” jamiyati tomon yo'l olgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 2018 yilga jahon chempionati o'tkaziladigan ayrim obektlarni ko'zdan kechirdi.

Rossiya rahbari vertolyotdan turib “Rostov Arena” va boshqa obektlarni kuzatdi, deya xabar bermoqda RF prezidenti rasmiy sayti.

Shuningdek, putin Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning JCH tayyorgarlik jarayoni va ushbu viloyatdagi sport infrastrukturasini rivojlantirish yuzasidan hisobotini tingladi. 

Ma'lum bo'lishicha, ushbu regionda JCHga tayyorgarlik ishlari amalda to'liq tugallangan. 45 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Rostov-Arena"ning qurilishi o'tgan yilning 17 dekabrida nihoyasiga etkazilgan.   


Manba: РФ Президенти расмий сайти