

"Futbolchi doimo o'ynashni istaydi. Maydonga tushsam, juda xursand bo'laman. Yana bir bor o'zimni futbolchi kabi his qilyapman. Ko'ramiz, natijalar qanday bo'larkin.
LaLiga sovrini uchun kurasha olamiz. Chorshanba kuni esa YCHL pley-off bosqichiga chiqamiz.
"Betis"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida bizda juda ko'p vaziyat bo'ldi. Uch ochkoni yo'qotdik, bundan juda yomon hissiyotlar qolmoqda. Ishlashda davom etish kerak, oldimizda tanlov imkoniyati qolmayapti.
Tiklanish uchun uch kun vaqt bor. Bu final. Ishonamiz va birgalikda finalda g'alaba qozonamiz", - dedi Puch.



