“PSJ” Matyudi, Menez va Sakolar bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayapti

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2013
“PSJ” nafaqat himoyachi Tiago Silva va hujumchi Zlatan Ibragimovichlar bilan shartnomani uzaytirmoqchi, balki yana 3 nafar futbolchi bilan ham shartnomani uzaytirish niyatida.

Parijliklar bir yildan so'ng erkin agentga aylanidan Blez Matyuidi, Jeremi Menez va himoyachi Mamadu Sakolar bilan shartnomani uzaytirish istagida, deb xabar beradi ESPN muxbiri Jonatan Jonson.

Xabarlarga ko'ra, bu futbolchilar orasidan Sako bilan shartnomani uzaytirish qiyinroq kechadiganga o'xshaydi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru