

Parijliklar hujumchi bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolashga tayyor, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Shira o'zining Twitter sahifasida.
Manbaga ko'ra, Fransiya chempioni Osimxen bilan shartnoma imzolansa, yiliga 10 million evro maosh to'lashga tayyor. “Napoli” ham o'z navbatida futbolchini 150 million evrodan kamiga transfer qilish niyatida emasligini ma'lum qildi.
Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 23 o'yinida 21 ta gol urib, turnir to'purari bo'lib turibdi.



