PSJ Verratti bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib oldi, yana ikki futbolchi bilan muzokaralar o'tkazilmoqda

Aslanov Jasurbek
7 dek 2022
Yarim himoyachi Marko Verratti PSJ bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar 2026 yilgacha mo'ljallangan bitim borasida kelishib olishgan. Hujjatlar yaqin vaqt ichida imzolanadi.

Shu bilan birga PSJ rahbariyati Linel Messi va Presnel Kimpembelar bilan mehnat shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazmoqda.

Verratti 2012 yildan beri Parij klubi sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien