PSJ sobiq futbolchisi Jeremi Menez yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
27 sen 2019, 11:45
Yarim himoyachi Jeremi Menez Fransiyaga qaytdi.

32 yoshli o'yinchi erkin agent maqomida "Parij" bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi.

Poytaxt klubi 8 turdan so'ng Liga 2 ning so'nggi o'rnini band etib turibdi.

Menezning so'nggi klubi Meksikaning "Amerika" klubi bo'lgan edi. U shuningdek "Sosho", "Monako", "Roma", PSJ, "Milan", "Bordo" va "Antalyaspor" klublarida o'ynagan.

Menez Fransiya chempionatida ikki marta (2013, 2014) g'alaba qozongan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ParisFC