PSJ “Real”ning rekordiga yaqinlashib oldi

PSJ “Atalanta”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, YCHL yarim finaliga yo'l oldi.

Parijliklar YCHL doirasida ketma-ket 33 ta o'yinda beri gol urib kelmoqda. Klub so'nggi bor 2016 yil aprelida “Manchester Siti”ga qarshi chorak finalning javob o'yinida (0:1) gol ura olmagan edi.

Musobaqa rekordi esa “Real”ga tegishli. Madrid klubi 2011 yil mayidan 2014 yil apreliga qadar ketma-ket 34 ta o'yinda gol urgan.


Manba: Opta