PSJ Mbappeni Saudiya Arabistoniga o'tishga ko'ndirsa, "Al Hilol"dan 300 million evro oladi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023
PSJ Kilian Mbappeni "Al Hilol"ga sotishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni klubi 24 yoshli hujumchini 300 million evro evaziga transfer qilish taklifi bilan chiqqan edi. Futbolchining maoshi transfer qilingan taqdirda yiliga 700 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Parij klubi agar futbolchini Saudiya chempionatiga o'tishga ko'ndira olsa, Ar-Riyod klubi taklifini qabul qiladi.

Mbappe o'tgan mavsum Liga 1'da 34 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe