PSJ "Manchester Yunayted"ga 80 millionlik taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2021, 00:15
"Manchester Yunayted" forvardi Pol Pogba yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi borasidagi holatni PSJ diqqatlik bilan kuzatib bormoqda. Parijliklar yaqin vaqtlar ichida uning agenti Mino Rayola bilan muzokaralarga kirishishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"PSJ Pogbani ancha vaqtdan buyon kuzatayotgani rost. Nosir al-Helayfi 3 kun oldin Niccada Rayola bilan gaplashgan va ular Bakkerning kyetishi sababli Pogba bilan uning joyini to'ldirishni muhokama qilishgan.

"Manchester Yunayted" esa o'z futbolchisini qo'yib yuborgisi, Pogba shartnomani uzaytirgisi kelmayapti", - deb yozadi "RMC Sport" jurnalisti Moxamed Buxafsi.

Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien