PSJ Koutino agentidan "Barselona" bilan muzokara o'tkazmaslikni so'radi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2017
PSJ rahbariyati "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ vakili FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimida Koutino agenti bilan uchrashib, undan "Barselona" bilan muzokara o'tkazmaslikni so'ragan. Ularni marosimdan keyin London kafelaridan birida ko'rishgan.

25 yoshli Koutinoning "Liverpul" bilan shartnomasi 2022 yilgacha amalda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es