PSJ futbolchisi Angliyada ishlash uchun ruxsat oldi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 17:32
PSJ himoyachisi Serj Ore "Tottenxem" o'tishga yaqin turibdi.

29 avgust kuni Britaniya hukumati 24 yoshli futbolchiga ish vizasini berishi hal bo'lishi kerak edi. Orega Angliya hududiga kirish taqiqlangandi. Bunga 2016 yilda u Parijdagi policiyachiga hujum qilgani sabab bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ivuarlik futbolchi ishlashga ruxsat oldi. Oldinroq Ore tibbiy ko'rikdan o'tdi, transfer 23 mln. funtga amalga oshgan.

Agar Ore Angliyada ishlashga ruxsat ololmaganida, PSJ uni "Barselona" yoki "Yuventus"ga sotishi mumkin edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports