PSJ "Arsenal" futbolchisi uchun 28 million evro taklif qildi. Unga shuningdek "Bavariya" va "Yuventus" ham qiziqmoqda

Alisher
2 sen 2020
"Pari Sen-Jermen" "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin borasida muzokaralar boshladi.

Fransiya klubi futbolchi uchun 28 million evro taklif qildi. Bu narx bonuslarni hisobga olganda 5,5 million evroga oshishi mumkin.

O'yinchiga shuningdek Myunxenning "Bavariya" va Turinning "Yuventus" klublari qiziqmoqda. "To'pchilar" agar narx ularni qoniqtirsa, Belerinni sotib yuborishlari mumkin.

"Belerin" "Arsenal"ga 2011 yilning yozida "Barselona"dan o'tgandi. Ispaniyalik 25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum APLda 15ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian