PSJ alimentdan qarzi bor darvozabon transferiga shubha qilayotgani yo'q

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024
PSJ Matvey Safonov transferiga shubha bilan qaramayapti.

Parij klubidagilar "Krasnodar" darvozabonining Rossiyani tark etishga bo'lgan taqiqiga qaramasdan, 15 iyul kuni yig'in boshlanishida klubda kutishmoqda. Oldinroq, futbolchi aliment to'lamagani uchun Rossiyani tark eta olmasligi ma'lum bo'lgan edi.

"PSJdagilar Safonov atrofidagi vaziyatdan boxabar. Bu vaziyat hech qachon transferni shubha ostiga qo'ymagan. Klub transferni muvaffaqiyatli yakunlamoqchi" - dedi manba.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com