PSJ A Seriyaning eng yaxshi to'purarlaridan biri bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
7 iyul 2022
PSJ "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Adrien Grenening xabariga ko'ra, italyan forvardi Parijda yiliga 3 mln evro maosh oladi, ammo bu raqamlar asta-sekin oshib boradi.

Parij klubi endilikda "Sassuolo"ning o'zi bilan kelishishi qoldi. Italiyaliklar o'z o'yinchilari uchun 50 mln evro talab qilishmoqda. PSJ yaqin kunlarda italyan klubiga 45 mln evro+5 million evro bonuslar taklifi bilan chiqadi.

Ikki tomon ham bitimni yakunlash uchun pozitiv kayfiyatdalar.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/hadrien_grenier