PSJ 60+10 mln. evroga 19 yoshli futbolchini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2024
PSJ "Benfika"dan Joau Neveshni xarid qildi.

19 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan bitim 5 yilga mo'ljallangan.

Oldinroq, parijliklar transfer uchun 60+10 mln. evro to'lashi va futbolchining maoshi yiliga 5 mln. evro bo'lishi e'lon qilingan edi.

Nevesh o'tgan mavsum "Benfika" safida barcha turnirlarda 55ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: en.psg.fr