

Parijliklar Leni Yoroning o'yinidan hayratda va shu sababli himoyachini tezroq o'z saflariga qo'shib olishni reja qilishmoqda. Avvalroq, “Lill” rahbari himoyachini qishda sotmasligini e'lon qilgandi.
Yoroga PSJdan tashqari, “Bavariya”, “Manchester Siti”, “Real Madrid” kabi jamoalar ham qiziqmoqda.
Leni Yoro “Lill” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.




