Proliga. Bugun 7-tur davom ettiriladi

5 may 2026, 10:50
Bugun Proliganing 7-tur bahslari davom ettiriladi.

Tur davomida muxlislar jami 3 ta o'yin guvohi bo'lishadi. G'uzorda "Sho'rtan" "Paxtakor FJ"ni mehmon qiladi. Nukusda "Jayxun" "Metallurg"ni qabul qiladi. "Respublika FA" esa "Lochin"ga qarshi bahs olib boradi. Barcha uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi.

"Respublika FA" - "Lochin"

Bosh hakam: Akmal Rahimov

Yordamchi hakamlar: Husniddin Uralov, Beknur O'rinboev

Nazoratchi: Olim Abduvasilov

Komissar: Akmal Rahmatov

"Sho'rtan" - "Paxtakor FM"

Bosh hakam: Nikita Mustafin

Yordamchi hakamlar: Shuhrat Mirzaev, Xushunudjon Ismoilov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

"Jayxun" - "Metallurg"

Bosh hakam: Sardor Mirodilov

Yordamchi hakamlar: Sardor Sodiqov, Abdurashid Erkinov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Qudrat Madraiomov


Manba: championat.asia