PRO-Liga."Labsa" davralar oralig'ida yangi futbolchilarni qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018
"PRO-Liga" "V" guruhi ishtirokchisi "Labsa" jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarini qo'ygan.

Jamoa davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida 12 iyul sanasidan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi. Futbolchilar shu kuni Buxoro shahridagi "Afshor’" o'yingohida to'planib, mashg'ulotlarga kirishdilar. Dastlabki  yig'in 22 iyulgacha davom etib, asosan jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratildi. Keyingi yig'in 25 iyuldan 3 avgustgacha davom etib, yig'inda asosan nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, bir qator yangi futbolchilar jamoa ko'rigida ishtirok etishdi va ular jamoa tarkibida ro'yhatdan o'tkazildi. Xususan hammamiz uchun yaxshi tanish bo'lgan, Superliga klublarida o'ynab, muxislar mehrini qozongan Suxrob Qobilov, birinchi davrani "G'ijduvon"jamoasiga o'tkazgan Doston Fozilov, "Paxtakor" klubi  akademiyasidan Ulug'bek Hoshimov, shuningdek To'lqin Umarov, Baxrom Narzullaev, Sardor Asqarov, Valijon Jo'raev bilan shartnoma imzolandi. 


"Labsa" jamoasini quyidagi futbolchilar tark etdi:

1. Firdavs Asadov.
2. Feruz Mo'yinov.
3. Ahadjon Qahhrov.
4.Sardorbek Sharipov.

“Labsa" PFK Matbuot xizmati (Akbar Mirzaev)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia