

"Roma" klubi futbolchisi Paulo Dibalaning vakillari futbolchining xizmatlarini "Barselona" klubiga tavsiya qilishdi. Klub argentinalik futbolchini qo'lga kiritishi uchun uning shartnomasidagi tovon pulini to'lashi kerak bo'ladi. Bu pulning qiymati 12 mln evro hisoblanadi.
Paulo Dibala transferi "Barselona" uchun asosiy maqsad hisoblanmaydi, ammo shunga qaramay, klub bu variantni o'rganib chiqmoqda. Katalon klubini transfer summasi to'liq qanoatlantiradi, Dibalanining maoshi ham belgilangan limit doirasida belgilanadi.
Shuni qayd etish joizki, bu transferning amalga oshish, oshmasligi Joau Feliksning klubdagi kelajagi bilan chambarchas bog'liq. Ma'lumot uchun, Feliks "Atletiko"dan ijaraga olingan.
Ma'lumot uchun, Paulo Dibala ushbu mavsum A Seriyada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.



