PRO-Liga, “A” guruhi. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Narzulla Saydullayev
1 may 2018
O'tgan haftada bo'lib o'tgan PRO-Liganing 5-tur yakuni bo'yicha e'tiboringizga statistik ma'lumotlarni berishda davom etamiz. Quyida gollar haqida to'xtalamiz.

5-turning 4ta o'yinida jami 7ta gol qayd etildi.

Shundan 3tasini mezbonlar kiritgan bo'lsa, qolgan 4ta to'p mehmon jamoalar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida atiga 1ta to'p kiritildi xolos. Ikkinchi taymda esa nisbatan sermahsullik ortdi va yana 6ta gol qayd etildi.

Turning eng tezkor goli 42-daqiqaga to'g'ri keldi. “Mashal” yarim himoyachisi Sardor Abduraimov birinchi bo'lim yakunlanib borayotganida aniq zarbasi bilan “Istiqlol” darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Aksincha ushbu turda eng kech kiritilgan gol 87-daqiqaga to'g'ri keldi. “Sho'rtan” sardori Otabek Narzullaev safarda “Andijon” darvozasiga ikkinchi to'pini kiritib, jamoasi g'alabasini taminladi.

Ushbu turda dubl qayd etgan birgina Otabek Narzullaev bo'ldi. “Sho'rtan” jamoasi sardori safarda “Andijon”ga qarshi bahsning ikkinchi  taymida ketma-ket ikkita gol urib, jamoasi g'alabasini taminladi.

5-turda “Norin”, “Surxon” va “Sho'rtan” o'z darvozalari dahslizligini saqlab qolgan jamoa bo'ldi.


5-turda kimlar gol urdi?
1. Mo'ydin Mamazulumov – “Dinamo”.
2. Qadamboy Nurmetov – “Xorazm”.
3. Otabek Narzullaev (2ta) – “Sho'rtan”.
4. Sardor Abduraimov – “Mashal”.
5. Jamoliddin Ubaydullaev – “Mashal”.
6. Qahramon Mahamadjonov – “Istiqlol”.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia