Prevyu. Eron chempionatida o'zbek derbisi: Lobanov & Musaev to'qnashuvi!

2 fev 2016, 14:57
Bugun Eron chempionatining 18-turi doirasidagi "Persepolis" - "Sepaxon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Eron chempionatining 18-turida muxlislar o'zbek derbisiga guvoh bo'lishadi. Hamyurtlarimiz Aleksandr Lobanov jamoasi "Persepolis" o'z maydonida Fozil Musaev harakat qilayotgan "Sepaxon"ni qabul qiladi.

"Sepaxon" jamoasi 17-turdan so'ng 24 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. "Persepolis" esa 29 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Fozil Musaev jamoasi "Sepaxon" so'nggi to'rtta turdan buyon durang qayd etmoqda. Aleksandr Lobanov esa bugun "Persepolis" safida Eron chempionatidagi o'zining dastlabki uchrashuvini o'tkazishi mumkin.


Eron chempionati, 18-tur.

"Persepolis" - "Sepaxon"

"Ozodi" stadioni.

Uchrashuv Toshkent vaqti 18:30da boshlanadi.


Manba: championat.asia