

Xabib Diarra "Sanderlend" safiga qo'shildi. APLga qaytgan klub yarim himoyachini xarid qilgani va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
21 yoshli futbolchi uchun "Strasbur" bonuslar bilan birga 35,5 million evro olishi ma'lum qilingan edi. Bu "Sanderlend" uchun rekord darajadagi to'lov hisoblanadi.
Xabib Diarra o'tgan mavsumda Liga 1da 30 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan va 5 ta gol uzatmani bergan.



