Alonso ilk taklifga yo'q dedi

Khoja
19 fev 2026
"Real Madrid" sobiq murabbiyi Xabi Alonso "Marsel" taklifini rad etdi.

RMS Sport ma'lumotlariga ko'ra, "Olimpik" o'tgan hafta ishdan bo'shatilgan Roberto De Zerbini almashtirish uchun Xabi Alonso bilan bog'langan. Biroq Alonso janubiy francuz klubidagi doimiy beqarorlikka ishora qilib, taklifni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, Alonso o'tgan yilning yozida "Real Madrid" ustozi etib tayinlangandi, biroq murabbiy yanvar oyida o'z lavozimidan ozod etildi.


KhojaMuallif
Manba: RMS Sport