Premer-ligadan chiqib ketgan Hamdamov klubi yangi mavsumda qaysi ligada o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2018
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Doston Hamdamov to'p tepadigan "Anji" klubi so'nggi mavsum Rossiya chempionatida 14-o'rinni egallab, ligani tark etdi.

"Anji" bosh direktori Oleg Flegontovning so'zlariga ko'ra, Maxachkala klubi kelasi mavsum Premer-ligada ishtirok etadi.

"Amkar"dan licenziya olib qo'yilgani tufayli, "Anji" kelasi mavsum RFPLda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. RFPL ofisi bilan ham bog'landik, huquqshunoslar Premer-ligaga qaytish hujjatlarini tayyorlashmoqda.

Kelasi mavsum uchun maqsad - asabiylashishlarsiz musobaqada jon saqlab qolish. Yangi mavsum uchun taxminiy byudjet bor. U aniq muhokama qilinmadi, chunki hammasi qaysi ligada o'ynashimizga bog'liq edi. Tarkibni kuchaytirishni reja qilyapmiz va yaqin kunlarda bu borada ishlarni boshlaymiz" - deydi Flegontov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com