

- Shov-shuvlarga sabab bo'lgan Eto'O va Igor Denisov o'rtasidagi mojaro nima sababdan yuzaga kelgan?
- Bu Igor qora tanli futbolchilar haqida ko'p yoqimsiz gaplarni aytganida ro'y berdi. Shu fonda ular gap-so'zga borishdi va sal qolsa janjallashib ketishardi.
Umuman olganda, Eto'O sheriklarga bosim o'tkazmasdi va ziddiyatga beriladigan odam emasdi. Ha, men ko'p narsani o'z zimmamga olgandim, buni iloji boricha professional tarzda bajargandim. Lekin hech qachon murabbiylarga nimanidir o'rgatmaganman.
Samuel "Anji" sardori va yetakchisi edi. Boshqa futbolchilardan bor kuchini berishni talab qilgan", – dedi "Anji" sobiq yarim himoyachisi.



