Premer-liga qanday sharoitda o'yinlarni bekor qilishini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2022
Angliya futbol associaciyasi endilikda jamoalardan birida kamida 4 nafar futbolchida koronavirus aniqlangan taqdirdagina Premer-liga o'yinlari bekor qilinishini rasman e'lon qildi.

Qayd etilishicha, bu qoida barcha klublar ishtirok etgan yig'ilishda kelishilgan. Ovoz berish natijasida barcha bir ovozdan ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladi.

Ayni damda APLda qisqa muddatli qishki tanaffus mavjud va u 8 fevralda yakunlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: thefa.com