Premer-liga o'yinlari Pele xotirasini yodga olish bilan boshlanadi

Оқил Абдубарноев
30 dek 2022
Xabaringiz bor, afsonaviy braziliyalik futbolchi 83 yoshida uzoq vaqt kasallikdan so'ng vafot etdi.

Angliya Premer-ligasi matbuot xizmati 30 dekabrdan 1 yanvarga qadar bo'lib o'tadigan navbatdagi tur o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma'lum qildi. Futbolchilar shu tariqa Pelening futbolga qo'shgan hissasini xotrilashadi.

Qayd etilishicha, futbolchi va rasmiylar (hakamlar) qora bog'ich bilan maydonga tushishadi.

Eslatib o'tamiz, Pele Braziliya terma jamoasidagi faoliyati davomida uch marta - 1958, 1962 va 1970 yillarda jahon chempioni bo'lgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports