Pranker o'yindan oldin MYU kiyinish xonasiga eshitish moslamasi o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2024, 17:26
Pranker "Aston Villa"ga qarshi bahsdanavval MYU kiyinish xonasiga eshitish moslamasini o'rnatib qo'ydi.

APLning 7-turidan o'rin olgan bahs 0:0 hisobida yakun topdi.

Prankerning aytishicha, u "Villa Park" stadioni xodimlarini aldab, o'yindan ikki kun avval mehmonlar (MYU) kiyinish xonasiga eshitish uskunasini o'rnatgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, u telefon qo'ng'irog'i orqali mikrofonni ishga tushirish mumkin bo'lgan mobil qurilmadan foydalangan.

Aytilishicha, pranker o'yindan bir kun o'tib uskunasini olib ketgan. Sun nashri ovozlarni eshitib ko'rdi, ammo ularni ommaga taqdim qilishni xohlamadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun