Prandelli Inestani jahonning eng zo'r futbolchisi deb atadi

Tolibjon Qosimov
5 mar 2014
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandellining fikricha, "Barselrona" yarim himoyachisi Andres Inesta jahonning eng yaxshi futbolchisi.
– Jahonning eng yaxshi futbolchisi Inestadir. Unda hamma narsa bor: texnika, maydonni ko'ra bilish, o'yinni o'qiy olish, zarbadagi aniqlik, xarakter... Maydonning istalgan qismida o'zini erkin his etadi. Har boim bir necha raqiblar qurshovida bo'lsa ham. Jahonning eng yaxshi terma jamoariga kelsak, ular: Ispaniya, Germaniya va Argentina. Undan tashqari bo'lajak jahon chempionatida g'oliblikka Urugvay, Kolumbiya, Belgiya, Angliya va Italiya termalari kurasha oladi", deya murabbiydan "Marca" iqtibos keltirmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net