Poulsen Yevropa chempionati tarixidagi eng tezkor gollardan birini urdi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021
Ayni daqiqalarda Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Daniya – Belgiya uchrashuvi davom etmoqda.

Bahsda hisobni dastlabki daqiqalardanoq hujumchi Yussuf Poulsen ochdi. Buning uchun unga 99 soniya talab qilindi va bu Yevropa chempionatida urilgan eng tezkor ikkinchi gol sifatida yozildi.

Mazkur natija bo'yicha musobaqa rekordi esa rossiyalik Dmitriy Kirichenkoga tegishlidir. U Evro-2004'da Gretsiya darvozasini 66-soniyada ishg'ol etgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru