

Oldinroq avstraliyalik murabbiy qo'l ostida 100 yilda klub tarixida ilk marta dastlabki 6 turdan keyin ochko ololmagan jamoa sifatida nom qoldirdi. Nunu Eshpiritu Santuning iste'fosidan keyin jamoa 6 o'yinda 2 durang va 4 mag'lubiyat qayd etdi.
Postekoglu klub rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgandi. Biroq natijalar sababli shubhalar ortib ketgan.
Yevropa ligasida "Mityulland"dan 2:3 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa muxlislari murabbiyning iste'fosini talab qilishgandi.
Shu sababli yakshanba kuni "Nyukasl"ga qarshi kechadigan o'yinda muvaffaqiyatsizlik qayd etilsa, Postekoglu uchun bu so'nggi o'yin bo'lishi ham mumkin.



