

Segunda yakunlanishiga 5 tur qolganida "Portimonense" 73 ochko to'play oldi va qolgan uchrashuvlarda mag'lub bo'lsa ham ikkinchi o'rinda pasga tushib ketmasligi aniq bo'ldi. Demak, jamoa kelasi mavsum Portugaliya oliy ligasida ishtirok etadi.
Oldinroq Oliveyra bunday muvaffaqiyatga yana 9 ta jamoa bilan erishgan: Pasush de Ferreyra (1990/91), Akademika (1996/97), Leyriya (1997/98), Belenensesh (1998/99), Leyshonsh (2006/07), Aroka (2012/13), Moreyrense (2013/14), Uniau Madeyra (2014/15) va Shavish (2015/16).



