

Klublar transfer borasida kelishuvga erishishdi, futbolchining o'zi esa yangi klub bilan ikki yillik shartnoma tuzishga rozi bo'ldi. "Valensiya" "Saragosa"ga 3 million evro to'lashi kutilmoqda. Agar Poshtiga "Valensiya"dagi ilk mavsumida 15 ta gol ursa bu pul 5 million evroga ko'tariladi. Bundan tashqari "Saragosa" futbolchining navbatdagi transferidan 20% oladi.
O'tgan mavsumda Poshtiga "Saragosa" safida 14 ta to'p kiritgandi.
O'tgan mavsumda Poshtiga "Saragosa" safida 14 ta to'p kiritgandi.



