Portugaliya murabbiyi JCH-2018 favoritlarini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
16 apr 2018
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush oldinda turgan Jahon chempionati-2018ning favoritlarini aytib o'tdi.

Shuningdek, u o'z jamoasi bilan bog'liq savolga ham javob berdi.

"Men uchun Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Argentina va Fransiya favoritlar hisoblanadi. Men bu jamoalarning sifati, tajribasi va muvaffaqiyatlariga tayanib aytdim.

Biz asosiy davogarlardan emasligimizni bilamiz va boshqa jamoalarning yetakchiligini tan olamiz. Lekin, bu bizda maqsad yo'q degani emas. Aniq maqsad - har bir o'yinda g'alaba qozonish", - deya Santushning so'zlarini keltirdi FIFA rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com