

Koronavirus tufayli “Belenensesh”ning 17 futbolchisi karantinda bo'lgani uchun bahsda qatnasholmadi. Jamoa mamlakat futbol federatsiyaga o'yinni boshqa kunga qoldirish bo'yicha so'rov yuborgan, ammo ariza qanoatlantirilmagan. Natijada mezbonlar lissabonliklarga qarshi bahsni 9 kishi bo'lib boshlashga majbur bo'ldi.
Ilk taymda “Benfika” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi. “Belenensesh” 2-bo'limga etti futbolchi bilan chiqib keldi va hakam xushtagi chalinishi bilan ulardan biri jarohat olgani hamda o'yinni davom ettirolmasligini ko'rsatdi. Shu tariqa, bosh hakam “Nasonal”dagi “tomosha”ni muddatidan oldin to'xtatib, mezbonlarga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyatni yozdirdi.




