"Portu" "Liverpul"dan Gruichni xarid qilishi mumkin

Alisher
20 iyul 2021
"Liverpul" yarim himoyachisi Marko Gruich faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli serbiyalik futbolchiga o'zi 2020/21 yilgi mavsumni ijarada o'tkazgan "Portu" klubi qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchiga 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishmoqda.

Gruich 2020/21 yilgi mavsum Portugaliya jamoasi safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira