Polshaga qarshi o'yinda Fransiyaning 4 nafar futbolchisi chetlatilgani uchun o'yin to'xtatildi

Оқил Абдубарноев
26 sen 2022
Fransiya U-18 terma jamoasining polshalik tengqurlariga qarshi bahsi janjalli ravishda o'tdi.

"Sent-Eten"ning yosh futbolchisi Darnell Bayl 75-daqiqada raqibiga bosh bilan zarba bergani uchun chetlatildi, shundan so'ng o'yin muddatidan avval yakunlandi.

16 yoshli futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgach, francuzlar etti kishi bo'lib qoldi, bu esa qoidalarga ko'ra, raqib jamoaga texnik g'alaba yozilishini taminlardi.

Bungacha fransiyalik yosh futbolchilar Iles Xousni, Januel Belocian va Malang Gomis 55, 61 va 72-daqiqalarda chetlatiladi. O'yinda qayd etilgan 3:2 hisobida esa bekor qilindi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/D_Givens