

Uchrashuv qahramoniga aylangan braziliyalik iqtidor egasi Endrik raqib darvozasiga uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. U 11, 45+1 va 87-daqiqalarda (penaltidan) gol urib, o'z hisobiga xet-trikni yozdirib qo'ydi. Shuningdek, mehmonlar safida Ruben Klyuyvert va Tayler Morton ham bittadan gol muallifiga aylanishdi.
Mezbonlar safida Koffi Kuao va Habib Diallo tomonidan kiritilgan gollar "Metc"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
25 yanv 2026, 21:15
Metz — Olympique Lyonnais

2 – 5
Tugadi

Ushbu g'alabadan so'ng "Lion" ochkolari sonini 36 taga etkazib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. 12 ochkosi bor "Metc" esa so'nggi - 18-pog'onada bormoqda.



