Polsha, Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari JCH-2022 pley-off uchrashuvlarida qatnashish uchun Rossiyaga bormasliklarini ma'lum qilishdi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2022
Har uchala federatsiya qo'shma bayonot chiqarib, FIFA va UEFAdan o'z o'yinlari uchun boshqa joy tanlashga chaqirdi.

"Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaroning keskin rivojlanishini hisobga olib, Polsha, Shvetsiya va Chexiya futbol associaciyalari 24 va 29 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan JCH-2022 saralash bosqichining pley-off o'yinlari Rossiyada o'tmasligini deb hisoblaydi.

Quyida imzo chekkanlar Rossiyaga borish va u erda futbol o'ynash haqida o'ylashgani yo'q. Biz guvoh bo'layotgan harbiy holat jiddiy oqibatlarga olib keladi va jamoalarimiz xavfsizligini sezilarli darajada pasaytiradi. Shuning uchun biz FIFA va UEFAdan zudlik bilan javob qaytarishini va bo'lajak pley-off o'yinlari o'tkaziladigan joy uchun boshqa muqobil echim taqdim etishini kutamiz", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR va LXR so'rovidan so'ng Donbassda maxsus operaciya o'tkazishga qaror qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pzpn.pl